1. nazar soldi: diqqat bilan qaradi
2. nazar tashladi: qisqa muddat qaradi
3. nazarda tutdi: fikran hisobga oldi
4. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik
5. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi
6. nazari tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi
7. nazaridan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi
8. nazaridan qoldi: yaxshi munosabatidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo‘ldi