1. Kichik yoki ingichka nay.
U yerda ham laboratoriyadagiday egri-bugri shisha naychalar, shisha idishlar, o‘lchag‘ichlar, elektrokamera, har xil asboblar.
S. Anorboyev, Oqsoy.
2. maxs.Ip o‘raladigan naysimon asbob yoki mashina qismi.
Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan so‘zi — arqoq bilan tarog‘u naycha bilan moki.
A. Muxtor, Opa-singillar
3. bot.Poliz ekinlarida hosil bo‘luvchi tuguncha, nishona.
Shu bilan oshqovoqning tutgan naychalari sarg‘ayib to‘kilaverdi.
S. Ayniy, Esdaliklar