1. Biror ishni boshqalar bilan navbatlashib bajaruvchi; o‘z navbati kelganda, shunday ishni bajarayotgan shaxs.
Ular ishini navbatchiga topshirib kelgan traktorchilar bilan issiq salomlashgach, Pogodinning kichik kabinetiga kirdilar.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. Postda turgan soqchi; qorovul.
Tunlari har hovli eshigida o‘sha yerda yashovchilardan navbatchilar tayinlanadi — begona kirmasin.
Shuhrat, Shinelli yillar
3. Ma’lum bir vazifani bajarish uchun navbatda turgan (vosita, transport).
Surishtirsam, navbatchi avtobuslar ham allaqachon ketib bo‘lgan ekan.
O‘.Umarbekov, Yoshlik ko‘chalari