Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {natijada}
So‘z bo‘g‘inlari: na-ti-ja-da
Izoh(lar)i:
natijada [na-ti-ja-da ]

1. Ish-harakat, voqea-hodisadan pirovardida kelib chiqqan oqibat; ish-harakat, voqea-hodisadan kelib chiqqan ko‘rsatkich. Elmurod bo‘lar ish bo‘ldi, endi tishni tishga qo‘yib, natijani kutish kerak, deb o‘zini ovutdi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. s. t.Foyda, naf; samara. To‘satdan boshlangan hujum yaxshi natija bermadi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. Fikr, muhokamaning mantiqiy yakuni; xulosa. Ko‘rinishdan natija chiqarib aytganda, bu qiziq majlis uning [Kumush] uchun bazm o‘rnini emas, aza joyini tutgandi. i.A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.