1. 1. Nima? so‘roq olmoshining qisqargan shakli.
Senga buning na keragi bor?
▬
— Bu na deb turibdi? — noib qamchisi bilan Avazga ishora qildi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. ayr. bog‘l. ʻl. Uyushiq bo‘laklar yoki uyushiq gaplar boshida takrorlanib, ularni bog‘laydi va bo‘lishli fe’l bilan inkor ma’nosini bildiradi.
Undan na xat bor, na xabar,
▬
Yo‘q, na qamoqxonasidan, na surgunidan qo‘rqadi Akmal! Gulchehrasiz hayot kerak emas unga! Gulchehradan ayriladigan bo‘lsa otib yuborsalar ham pinagini buzmaydi.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa