Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {narsa}
So‘z bo‘g‘inlari: nar-sa
Izoh(lar)i:
narsa [nar-sa ]

1. Har qanday moddiy mavjudot; predmet. Yo‘ldoshning ko‘zi komissarning to‘shidagi tangadek qora narsaga tushdi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. Hayot, tirikchilik uchun zarur har qanday ashyo, buyum, mahsulot. Mana sizda narsa bor ekan, sotibsiz, bizda bir parcha yerdan boshqa ko‘zga ilinarli hech narsa yo‘q edi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Umuman, har qanday hodisa (gap, so‘z, o‘yin, kulgi, ish, voqea, hodisa va shu kabilar). Barot polvon dunyoda ikki narsani yaxshi ko‘rar edi. Birinchisi — kurash, ikkinchisi — ashula. M. Ismoiliy, Farg‘ona t.o

4. s.t.Odam va umuman jonli mavjudot yoki ularning sifatini bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanib, ularning shu so‘zlar ifodalagan toifaga mansubligini ifodalaydi. Sen yosh narsa, qolaver, men ketay, ertaga azon bilan kolxozga chiqib ketaman. Oydin, Fonar tagida

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ashyo [a], buyum , predmet [r]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Allanima – nimadir – allanarsa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha ifodalash doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.