1. Musulmonlarning kuniga besh mahal qilinadigan ibodatlari majmui va ularning har biri. Me’mor yuvinib, tahorat qilib, namozni o‘qib olgach, hovliga chiqdi. Nonushtaga hozirlik qilishni shogirdlariga topshirdi. Mirmuhsin, Me’mor
2. Umuman, ibodat. Yusufjon, musulmonsan, namoz, ro‘za o‘rniga masxarabozlik qilib, ahli imon, ahli rastani toat-ibodatdan qo‘yar emishsan. Tashla bu kasbni, gumroh bo‘lma, — dedi eshon. K. Yashin, Hamza
3. Namoz (erkaklar ismi).
1. ta’bi namozshom: kayfiyati yomon, xafa