1. Biror marosim yoki bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan, biror maqsad bilan uyushtiriladigan ommaviy yurish, harakat.
Elmurod, Ergash, Musa, Omon o‘sha kuni bo‘lgan namoyishda saf oldida navbatma-navbat bayroqni ko‘tarib bordilar.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Tajribada, amalda ko‘rsatish, namoyon qilish.
Tajribada, amalda ko‘rsatish, namoyon qilish. Dengizga o‘xshash tep-tekis yerlarda zanjirli traktorlar o‘z qudratini namoyish qilib paroxodday suzib yurardi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
3. ko‘chma Biror narsani ko‘rsatuvchi, namoyon qiluvchi dalil, biror narsaning mujassam ifodasi.
Havaskor artistlarning shahar va qishloqlarda bergan konsertlari folklor qo‘shiq va raqslarining yorqin namoyishi bo‘ldi.
Gazetadan