Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {na}
So‘z bo‘g‘inlari: na
Izoh(lar)i:
na ys

1. 1. Nima? so‘roq olmoshining qisqargan shakli. Senga buning na keragi bor? — Bu na deb turibdi? — noib qamchisi bilan Avazga ishora qildi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. ayr. bog‘l. ʻl. Uyushiq bo‘laklar yoki uyushiq gaplar boshida takrorlanib, ularni bog‘laydi va bo‘lishli fe’l bilan inkor ma’nosini bildiradi. Undan na xat bor, na xabar, Yo‘q, na qamoqxonasidan, na surgunidan qo‘rqadi Akmal! Gulchehrasiz hayot kerak emas unga! Gulchehradan ayriladigan bo‘lsa otib yuborsalar ham pinagini buzmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. na I Bog‘lovchi
ayiruv bog‘lovchisi

2. na II Yuklama
ne, nima

Paronimi: mavjud emas.

Agglutinativ tillar o‘zak va qo‘shimchaning erkin aloqasiga asoslangan tillar. Mas., turkiy, fin-ugor, mo‘g‘ul, dravid, bantu, yapon va boshqa tillar (qiyos. Flektiv tillar). Agglutinativ tillarda so‘z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo‘shimcha bir ma’noni anglatgan holda birin-ketin yopishib kelaveradi: maktabimizgaso‘zida [-imiz]egalik, [-ga]– jo‘nalish; tatar tilida avel – ovul (bosh kelishik), avelda– o‘rin-payt; venger tilida haz – uy, hazba – uyda, hazak – uylar, hazakba – uylarda. Bu tizimdagi tillarda o‘zak va qo‘shimchalar erkin birikib, mexanik ravishda qo‘shilaveradi, lekin o‘zak bilan qo‘shimcha birikib, singib ketmaydi, balki ajralib turadi. Agglutinativ tillartizimidagi turkiy tillar uchun old qo‘shimcha emas (tojik tilidan o‘zlashib qolgan ayrim ba-, be-, no- prefikslardan tashqari), so‘ng (ort) qo‘shimchalar xosdir; qo‘shimchalar o‘zakdan keyin ketma-ket qo‘shilaveradi: ko‘z-lar-im-ning kabi (q. Tillarning morfologik tasnifi).

Alisher Navoiybutun turk dunyosi tomonidan “shamsul millat” (millat quyoshi) sifatida tan olingan buyuk mutafakkir shoir. U 1441- yil 9- fevralda Xurosonning poytaxti Hirot shahrida tug‘ildi. Alisher Navoiyni Nizomiddin Mir Alisher deb atashardi. “Nizomiddin” – din nizomi, “mir” esa – amir ma’nosini bildiradi. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Muhammad (G‘iyosiddin Kichkina) temuriylarga yaqin amaldor, o‘z davrining obro‘li va ma’rifatli kishisi bo‘lgan. Onasi Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan. Tog‘alari Mir Said Kobuliy yaxshi shoir, Muhammad Ali G‘aribiy shoir, sozanda va xattot edi. Alisher oilada uchinchi yoki to‘rtinchi farzand bo‘lib, Husayn Boyqaro bilan maktabda o‘qigan. U Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini fors tilida o‘qib ham yod olgan. 1447- yilda Shohruh Mirzo vafot etib Hirot notinch bo‘lib qoladi. Uning oilasi Iroqqa ko‘chib ketadi. Yo‘lda Taft shahrida Alisher tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451- yilda Hirotga qaytadi. Ko‘p o‘tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o‘tiradi. Alisherning otasi Mirzo Bobur xizmatiga kiradi. Sabzavor hokimi etib tayinlanadi.

1453- yilda G‘iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. U 7–8 yoshlaridan she’r yoza boshladi. U o‘zbekcha she’rlariga Navoiy, forscha she’rlariga Foniy deya taxallus qo‘yadi. Yoshlik chog‘ida o‘zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt she’rni yod bilgan. Bolalik vaqtlaridayoq Amir Shoshiy, Lutfiy, Kamol Turbatiy, Said Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad, Darvesh Mansur kabilardan ta’lim oldi. 60- yilarda Samarqandda yashab, Fazlulloh Abullaysdan tahsil oldi.

1465–1466- yillarda muxlislari she’rlarini to‘plab “Devon” tuzdilar. Bu devon “Ilk devon” nomi bilan mashhur. 1487–1488- yillarda Astrobodda hokimlik qildi. 1472–1476- yillarda “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), 1476–1483- yillarda “Navodir un-nihoya” (“Tuganmas nodirliklar”) nomlari bilan ikki devon tuzdi.

1483–1485- yillarda turkiy tilda birinchi bo‘lib “Xamsa” yozdi.

Navoiy fanning bir necha sohasida qalam tebratdi. O‘tmish mavzusida “Tarixi muluki Ajam” (“Ajam podsholari tarixi”), “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg‘ambarlar va donishmandlar tarixi), aruzga doir “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”), tazkirachilikka oid “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”), lug‘atshunoslikka oid “Sab’atu abhur” (“Yetti dengiz”), “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarlari shular jumlasidan. 1490- yilda “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) majmuasini tuzdi. Forscha she’rlarini yig‘ib “Devoni Foniy” ni tartib berdi.

Mashhur shayxlar haqida “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabadalari”) asarini yozdi, “Lison ut-tayr” ni qog‘ozga tushurdi, “Munshaot” (“Xatlar”) ni to‘pladi. “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) maydonga keldi.

Alisher Navoiy 1501- yilning 3- yanvarida vafot etdi.

 

«Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk»(Turkiy tillar sintaksisi javohirlari) Mahmud Koshg‘ariyning grammatik xarakterdagi asari. «Devonu lug‘otit turk»da muallif ayrim grammatik masalalar talqini xususida fikr ketar ekan, bu boradagi qarashlarining «Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk» nomli asarida keltirilishiga ishora qilib ketadi. Ammo «Devonu lug‘otit turk»da muallif tomonidan tilga olingan bu nodir asar bizgacha yetib kelmagan.(q. Mahmud Koshg‘ariy)

 

«Kitob al-idrok li lisonal-atrok»Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning asari. Bu nodir asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarning 2 qo‘lyozmasi bor. Ular Istanbulda saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozmalar asosida 1891- yilda Mustafo Bey va 1931- yilda Ahmad Ja’far o‘g‘li asarni chop qildi. So‘nggi davrlarda esa A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelmann, F.Vushtenfeld, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singarilar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot olib bordilar.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida qipchoq elementlari kuchliroq. Mas., r, g tovushining y tovushiga o‘tishi holati: agin – ayin, dagma – tayma, bak – bay, agarlab – ayarlab. G tovushining y, v tovushlariga o‘tishi: bug‘doy – buvday, og‘ul – ovul. G tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna – ina; x tovushining k ga o‘tishi: xoja – koja. So‘z boshida y tovushining orttirilishi: ilon – yilon, ip – yip. So‘z o‘rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur kabi.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida o‘g‘uz elementlari ham uchrab turadi. Mas., m tovushining btovushiga o‘tishi: men – ben. T tovushining d tovushiga o‘tishi: tamir – damir, tilku – dilku.

Lug‘atda 5 ta arabcha va 13 ta forscha so‘z qayd etilgan. -niki qo‘shimchasi o‘rnida qaratqich kelishigi shakli qo‘llangan: yir sanindir (yer senikidir). Sifatlarning orttirma darajasi yavlak so‘zi orqali hosil qilingan: yavlak ko‘rkludur. Yarim ma’nosini bildiruvchison manbada bichuk, yaru so‘zlari orqali berilgan.

Asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

Tarixiyan’anaviy yozuvso‘zning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmasa-da, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozishga asoslangan imlo tamoyili.Boshqacha aytganda, so‘z hozirgi holatiga ko‘ra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko‘ra yoziladi: Chor Rossiyasi(asli sar),pudratchi (aslipodryadchik), tamagir (asli ta’magir), taqiqlamoq (asli ta’qiqlamoq) kabi. Hozirgi orfografiyada tarixiyan’anaviy yozuvasosida yoziluvchi ba’zi shakl quyidagilar: 1. Buyruqistak mayli eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan gil, g‘il tarzida ishlatiladi: borgil // borg‘il. 2. Maqsad ma’nosini anglatuvchi gani shaklining gali, g‘ali, kali, qali shakllari. 3. Hozirgikelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi ur shakli:

Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman

Fazolar taftiga qilurman toqat.  (A.Orip.)

4. mu so‘roq yuklamasi:

Sevgini tortib bo‘lurmu

Toshu tarozi bilan.    (E.Voh.)

 

Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasining asosini zamonaviy leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol so‘z, qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z, faol so‘z, zamondosh so‘z kabi atama bilan ham yuritiladi

 

1. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

2. ajina chalmoq: Jin tegib, aqldan ozdirmoq

3. ajriqqa ag‘anaganday: Notinch, bezovta holda azob chekib (yotmoq)

4. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq

5. boshida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi

6. childirmasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi

7. chuchvarani xom sanabsan: xom xayol qilib yuribsan, xomtama bo‘libsan

8. diqqinafas bo‘lmoq: Ko‘chma. Yuragi siqilib asabiylanmoq; bo‘g‘ilmoq; xunob bo‘lmoq, xunobi oshmoq; zerikmoq

9. g‘azabi qaynadi: darg‘azab bo‘ldi

10. gah desa qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq.: birovni o‘ziga bo‘ysundirib, so‘zini ikki qilmaydigan qilib olmoq

11. gah desa qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan: juda itoatkor qilib olgan

12. gina qilmoq: biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq; ko‘ngildagi xafalikni izhor qilmoq.

13. ichi qaynamoq: diqqati oshmoq, asabi qo‘zg‘amoq.

14. ichini it tirnadi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi

15. ignadek gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

16. ignasidan ipigacha: butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigach batafsil

17. ipidan ignasigacha: butun tafsiloti bilan, mayda- chuydasigach batafsil

18. izzati nafsiga tegdi: kamsitadigan gap-so‘z, ish qildi

19. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik

20. ko‘zi o‘ynadi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

21. ko‘zi xonasidan chiqay dedi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

22. ko‘zini o‘ynatdi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

23. mana man deb: o‘zini o‘zi ko‘rsatib

24. miyasida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi

25. nafasi chiqarmaslik: hech narsa demadi, indamadi

26. nafasi chiqmoq: hech narsa demadi, indamadi

27. nafasi halqumiga tiqilmoq.: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

28. nafasi ichiga tushib ketdi: qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qoldi

29. nafasi kesildi: gapirtirmadi

30. nafasi o‘chmoq: ovozi chiqmay qolmoq, jim qolmoq.

31. nafasi tiqilmoq: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

32. nafasini ichiga oldi: hech qanday tovush chiqarmaydi

33. nafasini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi

34. nafsi hakalak otmoq: kimning Mazaxo‘rakka o‘rganib, nafsini tiyolmaydi.

35. nafsi orom olmoq: kimning Nafsi qondi.

36. nari borib, beri keldi: juda qattiq azoblandi

37. nari borsa: ko‘pi bilan, ortig‘i bilan hisoblanganda

38. nari-beriga bordi: xafalashdi, janjallashdi

39. nasha qilmoq: kimga nima Qattiq ta’sir etmoq, taajjubga solmoq; ayil botmoq.

40. nazar soldi: diqqat bilan qaradi

41. nazar tashladi: qisqa muddat qaradi

42. nazarda tutdi: fikran hisobga oldi

43. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik

44. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi

45. nazari tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi

46. nazaridan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi

47. nazaridan qoldi: yaxshi munosabatidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo‘ldi

48. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

49. nog‘arasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi

50. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

51. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.

52. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

53. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

54. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

55. ona suti og‘zida: hali yosh, tajribasiz

56. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

57. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

58. ona suti og‘ziga keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

59. onasini ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

60. onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi

61. ostonasiga bosh qo‘ydi: xokisor bo‘ldi, xokisorlik qildi

62. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

63. peshona teri: halol mehnat

64. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

65. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

66. pinagini buzmaslik: o‘ziga qartilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa bilmagandek tutish

67. pinakka ketdi: 1)uxlab qoldi 2)xayolga cho‘mdi

68. qoni qaynadi: achchiqlandi, qizishdi

69. sanamay «sakkkiz» dedi: aniq bilmay turib gapirdi

70. ta’bi namozshom: kayfiyati yomon, xafa

71. ta’na qilmoq: ta’na tarzidagi gap-so‘z aytmoq. Xasis deb ta’na qilmoq.

72. tegirmon navbati bilan: Har qanday ishning o‘z muddati, bunda har kimning navbat bilan keladigan tartib o‘rni bor

73. turna qator, turnaqator: Qator bo‘lib tizilgan, birining ketidan biri

74. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

75. tuz-namak bo‘lmoq: Ma’lum muddat ham-tovoq bo‘lmoq, topganini kimsa bilan o‘rtada baham ko‘rmoq

76. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

77. yulduzni benarvon uradigan: har qanday ishni abjirlik bilan bajaradigan

78. yuragi o‘ynamoq: 1)yurak urishi odatdagidan ko‘ra tezlashdi 2)qalbi hayajonga to‘ldi

79. yuragini tirnamoq: yashirin holda ruhan bezovta qildi

80. zardasi qaynamoq: juda jahllandi

1. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. Allanima – nimadir – allanarsa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha ifodalash doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

3. Apil-tapil – naridan-beri – shosha-pisha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

5. Bezak – ziynat – hasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

6. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

7. Biroz – ozgina – sal – xiyol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining torligiga ko‘ra )

8. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

9. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

10. Boshqa – o‘zga – yot – begona – raqib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalashiga ko‘ra )

11. Bu – mana – ana – o‘sha
Ma’nosiga ko‘ra
(ishoradagi uzoq-yaqinligiga ko‘ra)

12. Buzoq – tana – g‘unajin – sigir
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh darajasiga ko‘ra)

13. Chanqamoq – suvsamoq – cho‘llamoq – tashna bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

14. Dushanba – seshanba – chorshanba – payshana – juma -shanba – yakshanba
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish ketma-ketligiga ko‘ra)

15. Eh – esiz – afsus – attang– pushaymon – nadomat – taassuf
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

16. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

17. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

18. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

19. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

20. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

21. Iflos – isqirt – irkit – isliqi – iqna – ivirsiq – nopok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

22. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)

23. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

24. Jahl – achchiq – g‘azab – qahr – nafrat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

25. Jinni – telba – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

26. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

27. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

28. Kichik – kichkina – mitti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

29. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

30. Masnaviy – musallas – murabba – muxammas – musaddas – musabba – musamman – mutasse – muashshar
Ma’nosiga ko‘ra
(bandlar miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

31. Milligramm – gramm – kilogramm – tsentner – tonna
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining darajasiga ko‘ra)

32. Nafis – nozik – latif
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

33. Nam – ho‘l – shilta – shalobbo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

34. Naqadar – nechog‘lik – qanchalik – bunchalar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

35. Naridan-beri – apil-tapil – shosha-pisha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

36. Nazar tashlamoq – termulmoq – tikilmoq – qaramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

37. Nazr – ehson – qurbonlik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

38. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

39. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

40. Pakana – o‘rta bo‘y – novcha – daroz
Ma’nosiga ko‘ra
( katta-kichikligiga ko‘ra)

41. Pand – nasihat – o‘git
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

42. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

43. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

44. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

45. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

46. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

47. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

48. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

49. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

50. Yiqilmoq – qulamoq – ag‘anamoq – ag‘darilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

51. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

52. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.