Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muzxona}
So‘z bo‘g‘inlari: muz-xo-na
Izoh(lar)i:
muzxona ot

1. Yozda rohatijon tayyorlash uchun muz bosib qo‘yiladigan yerto‘la yoki chuqur. Muzxonaga muz bosmoq.

2. Issikda buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladigan, havosi sun’iy ravishda sovitiladigan asbob yoki xona; xolodilnik. Go‘sht kombinatining muzxonasi. Gastronom muzxonasi. ▬ Birlashma konserva va vino zavodlari hamda katta muzxona qurib bitkazdi. Gazetadan

3. Xolodilnikning muzlatadigan (muzlatkich) xonasi. Go‘shtni xolodilnikning muzxonasiga qo‘ydim.

4. Ko‘chma Juda sovuq (uy, joy haqida). Uyingiz muzxona ekan. ▬ Hatto, gavdasini qanday qilib o‘rashni bilmay uringan Yo‘lchi javob berdi: — Uy emas, muzxona bu. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.