Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muzokara}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-zo-ka-ra
Izoh(lar)i:
muzokara ot

1. Majlisda muhokamaga qo‘yilgan masala yuzasidan uz fikrini bayon qilish, shu munosabat bilan gapirilgan nutq, so‘z. Ma’ruza yuzasidan muzokara boshlamoq. Muzokaraga o‘tmoq. ▬ Dokladdan keyin qizg‘in muzokara boshlanib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Muzokaraga qatnashgan xodimlar olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida o‘z mulohazalarini aytdilar. O‘TA

2. Shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashish. Sulh haqida muzokara olib bormoq. Diplomatik muzokaralar. ▬ Qudalar o‘rtasida ro‘y beradigan anglashilmovchiliklar, janjallar aksar vaqt muzokara va murosa yo‘li bilan hal qilinadi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.