1. 1. Birovga ixlos qo‘ygan; ixlosmand.
Qutidor kelgandan beri bir soat ham uyda bekor qolmay, har kun Yusufbek hojining muxlislaridan birining uyida mehmon va hojining suhbatidan mamnun edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Biror narsaga qattiq berilgan, uni juda sevuvchi; muxlis.
She’riyat muxlislari. Kino muxlislari. Shaxmat muxlislari.
▬
Mehmonlarning spektaklini minglab san’at muxlislari tomosha qildilar.
Gazetadan
Millionlab futbol muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan futbol bo‘yicha XVIII jahon chempionati bahslari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Gazetadan
3. 3. Muxlis (erkaklar ismi).