1. u* u* — taqqoslash; tenglashtirish; tartibli boshqarish) 1 Jismlarning qarama-qarshi yo‘nalgan teng kuchlar ta’siridagi tinch, turg‘un holati.
Turkun muvozanat (fiz.). Muvozanat saqlamoq
2. ko‘chma hma Qarama-qarshi kuchlarning, hodisalarning tenglashuvi, uyg‘unlashuvi tufayli sodir bo‘ladigan nisbiy turg‘unlik, osoyishtalik.
Siyosiy kuchlar muvozanati.
▬
Ahmad Sobirni isyonkor, hayotdagi bir xillikka turg‘un muvozanatga qarshi kurashchi sifatida tasavvur qilgandi.
F. Musajonov, Himmat
3. 3. Kishi qaddining to‘g‘ri (me’yoriy) turish holati, shunday holatni tutish imkoni.
Ot qattiq kishnab, sapchidi. Yigitali muvozanatni saqlay olmay, yonboshiga gup etib yiqildi.
T. Malik, Ajab dunyo
Bo‘g‘in-bo‘g‘inlari lovullab yonmoqda. Muvozanatini ham tutib qolishga qurbi yetmayotir.
J. Abdullaxonov, To‘fon