Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muvaffaqiyat}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-vaf-fa-qi-yat
Izoh(lar)i:
muvaffaqiyat ot

1. Biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, g‘alaba. Muvaffaqiyat qozonmoq. Muvaffaqiyatga erishmoq. Parpixo‘ja yog‘chi poyloqchilik, chaqimchilik ishining muvaffaqiyatidan g‘ururlanib so‘zlab borarkan, ellikboshi uni to‘xtatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Dushman qanchalik gangitilsa, uning o‘t ochish nuqtalari qanchalik yemirib tashlansa, hujumning muvaffaqiyati shuncha muqarrar bo‘ladi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Latofat kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yoqlab oldi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar

Antonim(lar)i: muvaffaqiyatsizlik
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.