Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mutlaq}
So‘z bo‘g‘inlari: mut-laq
Izoh(lar)i:
mutlaq sf

1. 1. Shak-shubhasiz, shartsiz, hech qanday shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan, cheklanmagan, poyoniga yetgan, mukammal degan ma’nolarni bildiruvchi tushuncha; absolyut. Mutlaq haqiqat. Mutlaq chempion, Haqiqat mutlaq bir narsa emas. A. Qahhor, Sarob
Rejalashtirishning o‘zi ham qotib qolgan mutlaq bir narsa emas. Gazetadan

2. 2. Butunlay, mutlaqo. Boyning katta hovlisida, mutlaq sukunat ichida, qori, imom nikoh o‘qidi. Oybek, Tanlangan asarlar
Endi qo‘rqishdan foyda yo‘qligiga mutlaq ishondi. Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: absolyut [r<lat]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Hech – aslo – asti – sira – mutlaqo – zinhor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.