Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mustaqillik}
So‘z bo‘g‘inlari: mus-ta-qil-lik
Izoh(lar)i:
mustaqillik ot

1. Mustaqil holat; bog‘liq, qaram bo‘lmagan holat; davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram bo‘lmay faoliyat ko‘rsatishi. Siyosiy mustaqillik. Milliy mustaqillik. Mustaqillik e’lon qilmoq. Hirot-u Samarqandga bo‘ysunmay, mustaqillik da’vo etayotgan Amirak Ahmadni yo‘qotib, o‘rniga o‘g‘illaridan birini qo‘ymoq Shohruh saltanati mavqeyini ko‘tarishda g‘oyatda muhim masala edi. Mirmuhsin, Me’mor
Bu xushhol va ochiq ko‘ngil ayolda ko‘zga yaqqol tashlanadigan kuchli iroda va mustaqillik yashirin edi. F. Musajonov, Himmat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.