Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mustaqil}
So‘z bo‘g‘inlari: mus-ta-qil
Izoh(lar)i:
mustaqil sf

1. 1. Ixtiyori o‘zida bo‘lgan; tobe, qaram bo‘lmagan. Mustaqil davlat. Normuhammad qushbegi Qo‘qondan bosh tovlab, o‘z oldiga mustaqil hukumat e’lon qilgan bo‘ldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. O‘zganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, o‘zicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan. Do‘stlarining jilmaygan yuzlari uning [Elmurodning] hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni shivirlayotgandek bo‘ldi: Biz endi jiddiy va mustaqil odamlarmiz deyayotganday tuyuldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Endi u o‘zini mustaqil hayot yo‘liga qadam qo‘ygan mustaqil bir kishi deb hisobladi. S. Ahmad, Hukm

3. 3. Faqat o‘ziga taalluqli, o‘zgalar ishtirokisiz, ta’sirisiz bo‘ladigan. O‘zining qiziqib, mustaqil shug‘ullanishi natijasida bu tilni o‘qituvchisi bilan gaplasha oladigan darajada bilib oldi. Mirmuhsin, Umid
Mening gapim shu: mustaqil fikringiz bo‘lsa, yana o‘ylab ko‘ring. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
uchala shogirdidan ham mingdan-ming rozi ekanini aytdi, endi mustaqil ish qilaverishlaringiz mumkin, deb fotiha ham berdi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zatash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar. Bunday so‘zlar mustaqil so‘roq qabul qilib gapda turli gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Fe’l, ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub so‘zlar mustaqil atash ma’nosiga ega bo‘ladi.

 

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.