1. 1. Safardagi kishi; sayyoh.
Har shahardan har shaharga yuramiz, Bir musofir bizlar gado bo‘lamiz.
Shirin bilan Shakar
Boy mehmonxonaga kirganda, musofir yostiqqa bosh qo‘yib uyquga ketgan, bahuzur yo‘l hordig‘ini chiqarayotgan edi.
U. Ismoiliy, Saylanma
2. 2. Boshqa yerdan kelgan yoki boshqa yerda yashovchi; kelgindi.
Bundan o‘n sakkiz yil burun bu qishloqning bir burchagida musofir bir temirchi bo‘lar edi.
A. Qahhor, Sarob
Qizimni musofirga bermayman, deb qo‘yarmikan.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. s. t. t. O‘zga, yot (el-yurt haqida).
— Rahmatli otam musofir ellarda mening nima bo‘lishimni ham o‘ylamaganmikan? — dedi Hoji xola.
M. Ismoiliy, Farg‘ona t.o
Biz uzoq judolikdan keyin musofir yurtda uchrashgan aka-ukalardek quchoqlashib ketdik.
O. Yoqubov, Izlayman