1. 1. Xususiy kishilarga tegishli mulk va shu kabilarni pul to‘lamay, qisman yoki batamom davlat ixtiyoriga olish, umumlashtirish.
— Otamning butun mol-u mulki musodara qilindi, o‘zi onam va yosh ukalarim bilan birga surgun etildi, — dedi Qutbiya.
S. Ayniy, Qullar
Xonning buyrug‘i bilan Shernazarboy va boshqalar hibsga olindi. Mollari musodara qilinib, xonning xazinasiga kirdi.
J. Sharipov, Xorazm
2. 2. Matbuotda chiqqan narsalarni taqiqlab yig‘ishtirib olish.
Bu kitob chiqishi bilanoq chor hukumati uni darrov musodara qildi.
Gazetadan