1. 1. Kaft-panjaning zarb uchun siqimlangan holati; mushtum.
Botirning mushti ham yarog‘.
Maqol
Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar.
Maqol
Nodirning qo‘llari musht bo‘lib, pay tomirlari bo‘rtib chiqdi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
2. 2. Mushtum zarbi.
Tor joyda osh yegandan, keng joyda musht yegan yaxshi.
Maqol
Sersoqol, dov askar bilan olishib, ikki musht bilan uni garanglatdi.
Oybek, Tanlangan asarlar