Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {musht}
So‘z bo‘g‘inlari: musht
Izoh(lar)i:
musht ot

1. 1. Kaft-panjaning zarb uchun siqimlangan holati; mushtum. Botirning mushti ham yarog‘. Maqol
Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar. Maqol
Nodirning qo‘llari musht bo‘lib, pay tomirlari bo‘rtib chiqdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.

2. 2. Mushtum zarbi. Tor joyda osh yegandan, keng joyda musht yegan yaxshi. Maqol
Sersoqol, dov askar bilan olishib, ikki musht bilan uni garanglatdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk val-qafchoq»mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning lingvistik asari. Asarning Abu Bahr ismli kishi tomonidan 855- yilda ko‘chirilganligi asosida uning XIV–XV asrda yaratilganligi haqida xulosa qilish mumkin. “Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq” birgina nusxaga ega, Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Olimlar asar Suriyada yaratilgan deb taxmin qilishadi.

Qo‘lyozma 4 bobdan iborat, ularning har qaysisi fasllarga ajratilgan. Birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo‘lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag‘ishlangan. Mas., tangri, yalavach, farishta, quyosh, yulduz, oy. Ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag‘ishlangan, bir qancha ichki guruhga ajratilgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o‘rin ravishlari, kishilik va so‘roq olmoshi, ko‘makchilar, hafta kunlari, yil fasllari haqida so‘z boradi. To‘rtinchi bob esa fe’l haqida.

Arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan bu asar turkiy tillar taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.