1. 1. She’riyatning bir janri: ikki yoki undan ortiq shoirning bir mavzuda bir-birining fikr va tuyg‘ularini rivojlantiradigan she’r aytishish musobaqasi.
Hirotning olim va shoirlaridan ma’lum bir guruhi bu yerga to‘planar, muhim asarlar o‘qilar, qizg‘in suhbatlar, mushoiralar bo‘lib turardi.
Oybek, Navoiy
2. 2. Umuman, she’r aytishish, shu boradagi tortishuv, musobaqa.
Studentlar bilan o‘tkazgan uchrashuvimiz mushoiraga aylanib ketdi.
N. Safarov, Olovli izlar