Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mushak}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-shak
Izoh(lar)i:
mushak ot

1. ayn. Muskul. Sobir aka og‘ir mehnatdan egilgan, qo‘llari qadoq, mushaklari chayir bo‘lib ketgan. J. Sharipov, Xorazm

2. Turli tarkibli porox moddalar bilan to‘ldirilgan, yoqilganda osmonga ko‘tarilib, xilma-xil, ajib ranglar hosil qilib portlaydigan snaryad, raketa (sayil va tantanalarda mushakbozlik uchun, harbiy ishda esa signal berish va yoritish uchun ishlatiladi). Osmon qa’riga otilib chiqqan qizg‘ish va to‘q yashil mushaklar havoda bir jom zar bo‘lib sochilib ketdi. O. Yoqubov, Izlayman
Salyut ham boshlandi. Rango-rang mushak Hisor vodiysini qildi charog‘on. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. mushak I Ot
muskul

2. mushak II Ot
rang-barang yonuvchi modda bilan to‘ldirilgan snaryad

3. mushak III Ot
sabzining uchi to‘mtoq turi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.