Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {murid}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-rid
Izoh(lar)i:
murid ot

1. din. Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, sufiylik yo‘liga kirgan shaxs. Adras to‘nli, zarbof choponli kishilar, ortida muridlarini ergashtirgan ulamo-umaro ko‘rinsa, darhol oxirat kunidan va’z aytadi. S. Siyoyev, Avaz. ▬ Temurbekning otasi Amir Tarag‘ay esa Abduxoliq G‘ijduvoniy ta’limotiga ixlos qo‘ygan Amir Shamsuddin Kulolning muridi edi. P. Qodirov, Til va el

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: murut – s.n. Nok (mevasi va daraxti).
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.