Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {murg‘ak}
So‘z bo‘g‘inlari: mur-g‘ak
Izoh(lar)i:
murg‘ak sf

1. 1. Yangi unib chiqqan, hali quvvatga kirmagan, nozik-nihol (o‘simlik, novda, barg va shu kabilar haqida). Murg‘ak g‘o‘za. Murg‘ak novda. Murg‘ak barg. Muattar hidlarga burkangan bahor Murg‘ak kurtaklarga lablarin qo‘ydi. X. Rasul

2. 2. Hali suyagi qotmagan, o‘zini tutib olmagan, nimjon (odam va jonivorlar bolasi haqida). Faqat qo‘zilar, kechagina ko‘z ochib, yorug‘ dunyoni ko‘rgan murg‘ak jonivorlargina bu dahshatdan bexabar edi. Y. Muqimov, Qizilqum pahlavoni
Xirurg Ahror Rahmatillayev dadillik ko‘rsatdi: g‘oyat mas’uliyatli bo‘lsa ham, to‘rt oylik murg‘ak chaqaloqni operatsiya qildi. J. Ko‘chiyev, Jonkuyar xirurg

3. ko‘chma hma Hali yetilmagan, endi yuzaga kelgan. Negadir bir varaq xat ichida ularning murg‘ak sevgilariga doir bir og‘iz ham gap yo‘q edi. Mirmuhsin, Umid
She’ring murg‘ak, lekin diling soz, Nafasingda, dedingiz, o‘t bor. Zulfiya

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.