1. Ho‘l meva, rezavorlar hamda shakardan tayyorlanadigan shirinlik.
Olchadan qilingan murabbo. Sabzidan murabbo qaynatmoq.
▬
Dasturxonga turli-tuman qand-qurs, meva-cheva, anvoi murabbo bo‘g‘irsoqlar bilan zeb berilgan.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Tog‘lik aholi qadimdan rivochning poyasini maydalab, murabbolar tayyorlashgan.
Gazetadan