1. ayn. yn. Tarbiyachi.
Rahmatilla Obidiy internatga muallim va murabbiy bo‘ldi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Murabbiy — bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon sohibidir.
R. Usmonov, Odobnoma
2. 2. Ish-faoliyatda rahbarlik, rahnamolik qiluvchi; ustoz, rahnamo.
Alisher Navoiy vafot etgan edi. Bobur o‘ziga ulug‘ bir murabbiy topdim, deb suyunib yurganda, o‘gay taqdir uni bu madadkoridan ham judo qilgan edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Xosiyatxon faqat Naziraning ustozigina emas, qanchadan-qancha qiz-juvonlarning murabbiysi.
Yo. Shukurov, Marg‘ilon go‘zali
3. 3. Sportning muayyan turi bo‘yicha yakka va jamoaviy tarzda mashqlar qildirish orqali muayyan ko‘nikmalarga o‘rgatuvchi, tegishli sohadagi malaka-mahoratni o‘stiruvchi ustoz; trener.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) futboli mutasaddilari Braziliyaga kelganda amalga oshadi.
Futbol jamoasining murabbiysi.