Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muomala}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-o-ma-la
Izoh(lar)i:
muomala ot

1. 1. Kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv, shunday munosabat yo‘sini. Yaxshi muomala. Dag‘al muomala. Muomalasi yomon odam, Domla mashg‘ulot vaqtlarida birovlarga ko‘proq diqqat berib, birovlarning ko‘nglini uncha-muncha o‘ksitsa ham, muomalada dag‘al emas edi. P. Tursun, O‘qituvchi
[O‘zbek oyim] Tevarakdan marg‘ilonlik kelinni ko‘rish uchun keluvchi xotinlarga muomalani yana ham yuqoriroqdan turib qila boshladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ish, xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. U bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalada bo‘lmaydiganlar uni “raykom”, raykom Mavlonov deb atasalar, yaqinroq va ko‘proq muomalada bo‘ladiganlar o‘rtoq Mavlonov deb atar edilar. P. Tursun, O‘qituvchi

3. iqt. qt. Mehnat mahsulotlarini oldi-sotdi vositasida ayirboshlash (tovar xo‘jaligi uchun xos).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.