Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muntazam}
So‘z bo‘g‘inlari: mun-ta-zam
Izoh(lar)i:
muntazam sf

1. Tartibli ravishda uzluksiz davom etadigan, kanda bo‘lmaydigan; muttasil. Samolyotlarning muntazam qatnovi. ▬ Tirik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo‘lgan taqdirdagina yashay oladi. Fan va turmush

2. Belgilangan tartibda, reja asosida amalga oshadigan. Xalq xo‘jaligining muntazam rivojlanishi. ▬ Ilg‘or ishchilar kunlik reja topshiriqlarining muntazam ortig‘i bilan bajarilishiga erishayotirlar. Gazetadan

3. Tartibli, doimiy ravishda amalga oshadigan yoki oshiriladigan; tartibli, doimiy, izchil. Yigitlar mashg‘ulotlarga muntazam qatnashardi O‘zbekiston qo‘riqlari

4. mat. at. Hamma tomonlari, yoqlari va burchaklari teng. Muntazam ko‘pburchak. Muntazam prizma.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.