Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {munozarali}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-no-za-ra-li
Izoh(lar)i:
munozarali sf

1. 1. Munozara talab etadigan, hal qilinmagan. Chakana narxlarni o‘zgartirish mumkinligi, shubhasiz, hozirgi paytda eng munozarali masaladir. Gazetadan

2. 2. Munozaraga oid, munozara tarzidagi. Vrachlar o‘rtasida kalta-kalta munozarali gaplar bo‘lib o‘tdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Keyingi paytda tarixiy shaxslar portreti masalasida munozarali fikrlar ko‘payib ketdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.