1. din. in. Islomdagi farz namozlardan tashqari, ixtiyoriy ravishda o‘qiladigan namozlar.
Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi.
▬
Qishning ko‘p vaqtlari kechalari qiblaga qarab, tiz bukib o‘tirib, xudoga yig‘lash va munojot qilish bilan o‘tar edi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Afandi yomg‘irda ivigan bir imoratning orasida xudodan davlat so‘rab munojot qilayotgan edi, chor devordan bir g‘isht tushib, uning boshi yorildi.
Latifalar
Ayriliqdan tinmayin dod aylayin, Yolborib, haqqa munojot aylayin.
Oysuluv
2. ad. ad. Sharq mumtoz adabiyotining an’anaviy unsurlaridan biri. Odatda, munojotda najot umidi, iltijo va tavbalar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi.
3. 3. Yirik shakldagi o‘zbek mumtoz cholg‘u kuylari turkumi (uch asosiy qismdan iborat).
Domla muzikaning xumorisi tutar ekan, Munojot bilan Qari navoni eshitmagan kunim, bamisoli xaltasini yo‘qotgan devonaman, degan ekan.
P. Tursun, O‘qituvchi,
4. 4. Munojot (xotin-qizlar ismi).