Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mumtoz}
So‘z bo‘g‘inlari: mum-toz
Izoh(lar)i:
mumtoz sf

1. kt. kt. Biror fazilati, yaxshi tomoni bilan boshqalardan ajralib turadigan, afzalliklarga ega bo‘lgan; yetuk, sara. Va’daga vafoli, axloqda mumtoz, Do‘stparvar, o‘z so‘zli, yoriga sodiq. G‘. G‘ulom
Mahalladagilar ham, maktabdagilar ham Komiljonni odobda mumtoz, deyishadi. Mushtum
Bu sizning kuyingiz, ustoz Navoiy, G‘azal olamida mumtoz Navoiy. A. Isroilov

2. 2. Muayyan millat va jahon fani, san’ati, adabiyotida muhim o‘rin tutadigan, millatning shon-shuhrati va faxri hisoblangan; klassik. Mumtoz musiqa. Mumtoz adabiyot. Shu tarzda Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyotida munshaot deb ataladigan yangi bir janrni ham boshlab berdi. P. Qodirov, Til va el
[M. Mamatova] Ayniqsa, mumtoz qo‘shiqlarni ijro etishni jon dilidan yaxshi ko‘rardi. Gazetadan

3. 3. Mumtoz (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asil [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.