Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mumkin}
So‘z bo‘g‘inlari: mum-kin
Izoh(lar)i:
mumkin sf

1. 1. Imkoni, imkoniyati bor, bo‘ladigan, amalga oshadigan. Qani endi hayotdagi sanoqsiz ehtimollarning barisiga javob topish mumkin bo‘lsa. S. Karomatov, Oltin qum
Undan o‘tib, darvoza orqali Dishan qal’aga chiqish mumkin. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Kapsanchilar zimmalariga tushgan vazifalarni mumkin qadar tezroq bajarishga so‘z berib tarqalishdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Ruxsat etilgan, ijozat qilingan; joiz. Borishingiz mumkin. So‘rashingiz mumkin. — Shaharda cho‘chqa asrash mumkin emas, — dedi Mukarram. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
— O‘zi bu yerda ichish mutlaqo mumkin emas, — dedi u ovozini pastlatib. Guldasta

3. 3. Ehtimoli bor, ehtimoldan uzoq, emas. [Muharrir:] Yo‘ldosheva yigirma oltinchi yilda paranji yopinib yurgan bo‘lishi mumkin, buni hozir ta’na qilishda hech qanday ma’no yo‘q. A. Qahhor, Bek

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.