1. Fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulot; qoyalarning yoriqlaridan sizib chiqadigan smolasimon modda (Sharq tabobatida asosan singan suyaklarning bitishini tezlatish, me’da yarasi va tashqi nerv falajini davolash uchun tavsiya etiladi).
O‘shanda Hikmat tabib moshdek mumiyo berib, oyoqlarini tuzatdi.
Mirmuhsin, Umid
2. Asosan suvsiz temir oksididan iborat, ko‘pincha qizg‘ish-qo‘ng‘ir rang mineral bo‘yoq.
3. Maxsus kimyoviy tarkib bilan ishlov berib, chirimaydigan qilib qo‘yilgan jasad.