Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mum}
So‘z bo‘g‘inlari: mum
Izoh(lar)i:
mum ot

1. 1. Hayvon yoki o‘simlik mahsuloti bo‘lgan yog‘simon modda, asosan, yuqori yog‘ kislotalarning murakkab efirlari va yuqori molekulyar spirtlardan iborat.

2. 2. Asalari o‘zi ishlab chiqarib, o‘ziga uya quradigan saqichsimon yumshoq modda; o‘simlik yoki hayvondan olinadigan shunga o‘xshash moddalar. O‘simlik mumi. Sun’iy mum. Asalarilar asal, mum, yelimdan tashqari, o‘z organizmida zahar ham ishlab chiqaradi. Fan va turmush
Shariat G‘iyos do‘zaxilarga o‘xshaganlar qo‘lida har qanaqa shaklga kiraveradigan yumshoq mum. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Mum shamli qandilday quruq lablari, Bir qator qiz ketar, yelkada obkash. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Umumiste’mol so‘z–qo‘llanish doirasi chegaralanmagan umumxalq ishlatadigan leksika. Hamma uchun tushunarli, atamalar, dialektizmlardan farqlanadi.

Umumiy ensiklopedik lug‘atalfavit tartibida, ularda so‘zlar emas, balki shu so‘zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‘lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at. Lug‘at maqolalari lug‘atdagi tavsif lug‘at maqolasi deyiladi. Lug‘at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» ana shunday lug‘atlardan biri. Unda shunday deyiladi: O‘zME (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‘lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iborat.

 

Umumiy filologik lug‘at – barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atlar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (O‘TIL) «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‘TIL da shunday deyiladi: «Lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga – tilshunoslar, o‘rta va oliy maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.» (2 tomlik, 1- tom, 5- bet.) Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so‘zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:

BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo‘ydi. R.Fayziy. El mehri.

  YOZ 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.

  2 ko‘chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.

            Ko‘ngli yoz bo‘ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.

Umumiy izohli lug‘atda lug‘aviy birliklarning barcha – grammatik, uslubiy, frazeologik birliklar tarkibida qatnashishi, omonimik, qaysi tildan o‘zlashganlik belgilari ko‘rsatiladi.

O‘zbek tilining bu tipdagi lug‘ati birinchi marta 1981- yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an’analarning davomi sifatida o‘tgan asrning 50–80 - yillari mobaynida o‘zbek tilshunosligida erishilgan va o‘zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan» (2 tomli, 1- tom, 5- bet) «O‘zbek tilining izohli Lug‘ati» o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi. «Lug‘atning asosiy vazifasi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so‘z yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet).

  Demak, o‘zbek tilining ilk izohli lug‘ati o‘z oldiga qo‘yilgan o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash hamda uning me’yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o‘rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo‘yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keldi. Natijada 5 tomli izohli lug‘at yaratildi.

Umumxalq tilima’lum bir xalqning so‘zlashuv tili, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bir tilga mansub barcha sheva va lahja umumxalq tilini tashkil qiladi. O‘zbek umumxalq tili uch lahjadan tashkil topgan. Umumxalq tili milliy til ham deyiladi.

1. mum tishladi: mutlaqo gapirmadi, suhbatda mutlaqo qatnashmadi

1. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Umumiylik – alohidalik – xususiylik
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining bog‘liqli-bog‘liqsizligiga ko‘ra)

3. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.