Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mulohazali}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-lo-ha-za-li
Izoh(lar)i:
mulohazali sf

1. 1. Mulohaza bilan ish qiluvchi, o‘ylab ish tutuvchi, mulohaza yurita oluvchi; andishali. Mulohazali odam, [Direktor:] Abdusamad, meningcha, o‘g‘lingiz mulohazali bola, u o‘z yo‘lini topib oladi. O. Tolipov, Kim aybdor?
Mirzamuhammad Rasulovich yetti o‘lchab bir kesadigan, mulohazali, sinchkov, zukko odam edi. F. Musajonov, Himmat.

2. 2. Mulohaza natijasida vujudga kelgan, o‘ylab qilingan, aytilgan. Fandan yiroq odamlar ulardan ajabtovur gaplar, mulohazali fikrlar kutadilar. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.