Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mulohaza}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-lo-ha-za
Izoh(lar)i:
mulohaza ot

1. Fikran muhokama yuritish, o‘ylash; o‘y. Biz uch oilaning bir-biriga o‘xshamagan qismat-taqdiri haqida mulohaza yuritdik, vafodorlikni ulug‘lab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik. Gazetadan
Uning [eshonning] uzoq mulohazadan keyin bir fikrga kelgan kishidek ko‘zlari ma’noli qisildi. S. Ahmad, Hukm

2. Biror masala yuzasidan bildirilgan yoki o‘ylab qo‘yilgan fikr. Iqtisodiy masalaga doir mulohazalar. O‘z mulohazasini bayon etmoq. ▬ Ahmad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha taqdirga itoatkor, g‘irt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hayron qoldi. Oybek,Nur qidirib

3. ayn. yn. Andisha 1. Mulohaza bilan ish qilmoq. ▬ Hosilot ota Komiljonni koyib bermoqchi ham bo‘ldi, tag‘in rais bu voqeadan xabardordir, degan mulohaza bilan indamadi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: andisha [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.