1. 1. O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Madrasa ta’limini olgan shaxs.
Madrasani tugatgach, oshiqlar yor vasliga oshiqqandek, mulla Abdurahmon ham o‘z shahriga yelib-yugurib yetdi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. 2. Din arbobi, ulamo.
Mullaning aytganini qil, qilganini qilma.
Maqol
Cho‘rilikni mullalar senga qildilar taqrir [qaror].
Hamza
Buxoro shahrida Mirarab madrasasining miyon saroyida ko‘p mullalar to‘planishib, madrasaning vaqfi to‘g‘risida gapirishmoqda edilar.
S. Ayniy, Qullar
3. s. t. esk. sk. Ma’lumotli, o‘qimishli kishi.
Aytaylik, mening xizmatkorim mulla bo‘ldi-yu, omi bo‘ldi — menga bari bir emasmi?
K. Yashin, Hamza
— Ha, mulla, charchamasdan, siqilmasdan yuribsanmi? Muncha ozib ketibsan? — dedi qori [Elmurodga].
P. Tursun, O‘qituvchi
4. 4. Hurmat yuzasidan murojaatda, gaplashganda, kishining ismiga qo‘shib aytiladi.
— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali! — deb uni yupatib qo‘ydi [Otabek].
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Loaqal bir kaft tuproq tashlasangiz-chi, mulla yigit!
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol