Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhtoj}
So‘z bo‘g‘inlari: muh-toj
Izoh(lar)i:
muhtoj sf

1. 1. Biror narsaga ehtiyoji, zarurati bo‘lgan; zarurat, talab sezuvchi. [Otabek] Otda kelgan bo‘lsa ham, kunning issiqligidan bir piyola choyga muhtoj edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qizim, sening yordamingga muhtojman. Ha, umidim katta. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Jinoyatni pulga muhtoj odam emas, pulni qayerga qo‘yishni bilmagan odam qiladi. Gazetadan.

2. 2. Bechorahol, qashshoq, hojatmand. Zolim boylar mazax qilib kulardi. Rahmi kelmay muhtojlarning yoshiga. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Biz o‘sha vaqtda muhtoj bo‘lgan beva-bechoralarni yig‘ib, osh berish maqsadida bir bostirma soldik. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: zor [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Zoriqmok – zor bo‘lmoq – muhtoj bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.