Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhokama}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-ho-ka-ma
Izoh(lar)i:
muhokama ot

1. 1. Biror xulosaga kelish uchun ko‘pchilikning fikrini olish, fikrlashish, har tomonlama o‘ylashish. Masalani muhokamaga qo‘ymoq. Arizani muhokama qilish. Ibrohimov qayerga bormasin, shundan gap ochilib, har kim o‘z fikr-mulohazasini aytar, O‘rmonjon aytmoqchi, masalani butun xalq muhokama qilar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Fikr yuritish, mulohaza; fikr. Muhokamasi yo‘q odam. Muhokama bilan ish qilmoq. — Ba’zi yengil muhokamalaring onangnikidan qolishmaydir, Otabek!. — dedi [hoji]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bunday ishga benihoyat uquv, chapdastlik, xo‘sh, yana muhokama va mohirlik kerak. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Tushuncha – muhokama – hukm
Ma’nosiga ko‘ra
(fikrlash bosqichiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.