Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhit}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-hit
Izoh(lar)i:
muhit ot

1. 1. Hayot, faoliyat kechadigan tabiiy yoki ijtimoiy sharoitlar majmui. Geografik muhit. Ijtimoiy muhit. Qishloq muhiti, ota-onaning o‘ta oqko‘ngillik ruhida bergan tarbiyasi Yigitalining qon-qoniga singib ketgandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Maktabni bitirgach, hammamiz har yoqqa tarqashib ketamiz. Keyin har kim o‘z muhitida o‘z ishi bilan ovora bo‘lib ketadi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Kasb-hunari, ishi, faoliyati va shu kabilarga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan kishilar doirasi. Men qozi domla va Asad qori kabi hurmatli zotlar muhitiga o‘zimni topshirib, daryodan ayrilib chiqqan ariqchaday, xalqimdan ayrilib chiqib, oxiri qurib qolishga mahkum bo‘lgan ekanman. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Tabiiyki, ona uchun ham yolg‘iz farzand arzanda edi. Bu muhit Davronni havolantirib qo‘ydi. S. Karomatov, So‘nggi barxan

3. 3. Hodisa, jarayon va shu kabilar kechadigan moddiy sharoit. Yorug‘likning turli muhitda turlicha sinishi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.