1. Butun tafsiloti, mayda-chuydasi, ikir-chikirigacha qamrab olgan; to‘liq, batafsil.
Mufassal izohot. Mufassal hisobot.
▬
Keshdan kelgan me’mor do‘stiga hamma bo‘lgan voqeani juda mufassal aytib bergan edi.
Mirmuhsin, Me’mor
Abdishukur tili qichib, yangicha to‘y haqida, ulamo, shariat va maktab to‘g‘risida mufassal izoh bermoqqa chog‘langan edi, lekin so‘zni Hakimboyvachcha ilib ketdi.
Oybek, Tanlangan asarlar