Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mudroq}
So‘z bo‘g‘inlari: mud-roq
Izoh(lar)i:
mudroq sf

1. sft. ft. Uyqu bosgan, mudragan holatli ( Mudroq ko‘zlar. O‘sha chiroq atrofida jim Uni kutar xotini mudroq. X. Davron
— Ha, bir-bir tortsak, maza bo‘lardi, — dedi horg‘in, mudroq ko‘zli boshqa biri. Oybek, Quyosh qoraymas

2. ko‘chma hma Harakatsiz, tinch, uxlagan holatli (narsalar haqida. Qish bo‘yi qoru yomg‘ir suviga to‘yib, qorayib qolgan yer mudroq bir kayfiyatda og‘ir-og‘ir xo‘rsinayotganga o‘xshaydi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor
Namanganning azamat chinorlari mudroq uyquda. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
Buldozer asriy mudroq cho‘lni uyg‘otib, uning ko‘ksiga panja soldi. O‘zbekiston qo‘riqlari

3. ot ot Uyqu bosib mudragan holat. Maxdumning mudrog‘i qochib, ko‘zlari katta ochildi. H. G‘ulom, Mash’al.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. mudroq bosmoq: mudroq holat qo‘zgalmoq, kuchaymoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.