Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mudra} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mud-ra-moq
Izoh(lar)i:
mudra fl

1. 1. Mudroq bosib, yarim uyg‘oq, yarim uyqu holatida bo‘lmoq. Chig‘ir yonida mudrab o‘tirgan cho‘ri uning ovozidan cho‘chib uyg‘onib, yo‘liga chiqdi. J. Sharipov, Xorazm
Sherali shu hayajon ichida mudrab, nihoyat, shiringina uyquga ketganini ham bilmay qoldi. S. Karomatov, Oltin qum

2. ko‘chma hma Harakatsiz, tinch holatda bo‘lmoq (narsalar haqida). Daraxtlar hordiq chiqarganday boshini solib, tong nurlariga ko‘milgan holda mudramoqda. Sharq yulduzi
Tagidagi otning sho‘x qadam olishi va sog‘lom bir qudrat bilan o‘ynoqlashi Boburning a’zolarida anchadan beri mudrab yotgan yoshlik kuchlarini uyg‘otganday bo‘lardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.