1. 1. Biror illat, kasallik yoki ko‘ngilsiz voqeaga duchor bo‘lgan, uchragan; giriftor. [Guli] Nechun tug‘ding meni baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy Bid’atga botgan mubtalolarni ko‘rolmasman. Mushtum
2. 2. Maftun, shaydo, oshiq. Mubtaloman pariro‘ga, ko‘zi bir mast ohuga. Ya. Mamatxonov Yor vaslidan topolmas Erkin diliga taskin. Afsus demakdan o‘zga u mubtalo na qilsin. E. Vohidov
1. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)