Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muborak}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-bo-rak
Izoh(lar)i:
muborak sf

1. 1. Baxt keltiruv-chi; xayrli, ezgu, qutlug‘. [Hasanali:] --Ko‘ray-chi, qadamim muborak bo‘larmikin, — deb qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Tabarruk, muqaddas, aziz. Bektemir xaltachani, go‘yo muborak joydan kelgan aziz do‘stining sovg‘a-salomi kabi, hayajon bilan ochdi. Oybek, Quyosh qoraymas
— Ota, agar muborak tuprog‘imizda so‘nggi inglizning shum izini o‘chirmasak, Pokiston vatanparvarlar uchun nopokdir! — dedi Ahmad Husayn. Oybek, Nur qidirib

3. 3. Tabriklash, qutlash iborasi. Sarupolar muborak. [O‘zbek oyim:] O‘g‘il muborak bo‘lsin, bolam! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
To‘rt yil jafo chekkan vatandosh o‘rtoq, Bu yilgi bayraming muborak endi. G‘. G‘ulom

4. 4. Muborak (xotin-qizlar va ba’zan erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.