1. ad. ad. Tasvirlanayotgan yoki ta’riflanayotgan kimsa, narsa, hodisa va shu kabilarni o‘quvchilarga yaqqol, ta’sirli qilib yetkazish uchun ularning sifat-larini orttirib, bo‘rttirib ko‘rsatish; shu maqsadda ishlatilgan so‘z, ibora; giperbola.
O‘zbek mumtoz adabiyoti mubolag‘alarga boy.
▬
[Anvar:] Agar menga hurmat lozim bo‘lsa, mubolag‘a bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan bo‘lsin.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. 2. Umuman, bo‘rttirish, oshirib yuborish; lof.
Mubolag‘a qilmoq.
▬
Endi guzar va yig‘inlarda mulla Obidning kuchi haqida mubolag‘a boshlaydilar.
A. Qodiriy, Obid ketmon
Anvar javobni o‘qib zavqlandi: — Ofarin, Ra’no, lekin birovning ustida ortiqcharoq mubolag‘a qilibsan.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon