Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muammo}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-am-mo
Izoh(lar)i:
muammo ot

1. ad. ad. O‘zbek mumtoz adabiyotida she’riy janr, poetik san’at turi. Unda biror so‘z, ism (yoki ularning bosh harflari), sana va boshqalar yashirib beriladi. Navoiy muammolari. [Otam] Muammo, abjad hisobi va ba’zi voqealarni bilishga bog‘liq bo‘lgan she’rlarni ko‘p bilardi. S. Ayniy, Esdaliklar

2. 2. Tushunib bo‘lmaydigan, jumboqli narsa; jumboq. Ha, og‘ayni, dunyoda anglashilishi qiyin bo‘lgan muammolardan hech birini sevgiga tenglashtirib bo‘lmaydi. S. Karomatov, Oltin qum. Kumushning zaharli muammo maktubi bir sira Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Hal qilinishi lozim bo‘lgan narsa; masala, problema. Asarda katta muammolar ko‘tarilgan. Suv chiqarish muammosi hal bo‘lib, texnikadan yaxshi yordam ko‘rsatilsa, biz mehnatdan charchamaymiz. F. Nurullayev, Bo‘z yigit
Demak, Orol muammosi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.