1. 1. Havoda, biror narsaga tegmay, osilmay turib qolgan.
Hozirgina don ortib o‘tgan mashina orqasidan ko‘tarilgan chang havoda muallaq turib qoldi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Bir bechora so‘fiturg‘ay, tabiat kashf etgan o‘xshashliklarning farqiga yetmayotganday, havoda muallaq turib vijirlaydi.
N. Fozilov, Oqim
2. 2. Na u yoqli, na bu yoqli bo‘lmagan, arosat holda(gi); arosat.
Bu hammasi hayotning eng nozik, eng muhim tomonlari edi va hammasi muallaq bir ahvolda yotardi.
P. Qodirov, Uch ildiz.
U qayoqqa yon bosishni bilmay, qoq o‘rtada muallaq bo‘lib qoldi.
A. Ubaydullayev, Hayot oqimi.