1. 1. Moyi bor, moy olish mumkin bo‘lgan.
Moyli o‘simliklar.
2. 2. Moylangan, moy berilgan.
Moyli qog‘oz.
3. 3. Sermoy, yog‘li.
Tursunoy tuxum bilan qovurilgan moyli qo‘y go‘shtini bir xitoy laganda keltirib, sandal ustiga qo‘ydi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
Fazliddin oldinroq moyli somsani ko‘proq yeganidan mantini oz yedi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
4. 4. Ko‘chma Daromadi yaxshi; serdaromad.
Moyli ish izlab yuribdi.
▬
Bu oila tinch, moyli makon qidirib, qishloqqa ko‘chib kelgan
Oybek, Tanlangan asarlar.
5. 5. Moyi chiqqan; kirlangan.
Yoqasi moyli bo‘lsin, etagi loyli bo‘lsin.
Boychechak